10-11 sinf o‘quvchilari tadbirkorlarga biriktirilib, oylik oladi
25-fevral 06:56

10-11 sinf o‘quvchilari tadbirkorlarga biriktirilib, ularga oylik to‘lanadi
O‘zbekiston maktablarida kasb-hunar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. 2025-yildan boshlab, 10-11 sinf o‘quvchilari iqtidor va qiziqishlariga mos kasb-hunarga yo‘naltiriladi hamda tadbirkorlik subyektlariga biriktiriladi.
Bu tartib Vazirlar Mahkamasining maktab va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilash to‘g‘risidagi qaroriga asosan tasdiqlandi.
Yangi tizim qanday ishlaydi?
- O‘quvchilar o‘z qiziqishlari va iqtidoriga qarab kasb-hunarga yo‘naltiriladi
- Tadbirkorlarga biriktirilgan o‘quvchilarga amaliyot davomida oylik to‘lanadi
- 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar maktab bitiruvchilari amaliy imtihon topshiradi
- Bitiruvchilarga kasb-hunar bo‘yicha elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi
Ushbu o‘zgarishlar yoshlarning o‘qish jarayonida haqiqiy tajriba orttirishiga, kelajak kasbini tanlashiga va mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga yordam beradi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Bitiruvchilar uchun oltin va kumush medallar talablari
08-fevral 11:02
Maktab bitiruvchilari uchun attestatsiya talablari kuchaytirildi
31-yanvar 05:50
Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi
22-yanvar 14:45
Maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ballari oshdi
30.07.2024 18:58