Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi boshlandi

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi boshlandi

20-oktyabr kuni O‘zbekistonning umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Turnirda yurtimizdagi barcha hududlardan uchtadan jami 42 ta jamoa hamda 294 nafar o‘quvchilar g‘oliblik uchun bellashmoqda

G‘olib jamoa Oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadi va 1 o‘quv yili mobaynida “Zakovat” stipendiyasi bilan rag‘batlantiriladi.

Natijalar bilan turnir yakunlangandan so‘ng batafsil tanishtiramiz.