Maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilarning necha nafari malaka toifasiga ega?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
2024-yil holatiga pedkadr.uzedu.uz saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra respublika bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 525 ming 737 nafar pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 282 ming 424 nafari malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tashkil qilmoqda. Bunda:
- Oliy toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar — 53 ming 914 nafarni;
- I toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar — 101 ming 751 nafarni;
- II toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar — 126 ming 759 nafarni;
- Mutaxassis o‘qituvchilar — 177 ming 122 nafarni;
- O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar — 66 ming 191 nafarni tashkil etadi.
Shunda umumiy o‘qituvchilar sonining 10,25 foizi oliy toifali, 19,35 foizi I toifali, 24,11 foizi II toifali, 33,69 foizi mutaxassis, 12,59 foizini esa o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar tashkil etmoqda.