Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Maktablarga endi “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalar beriladi

29-may 20:11
Maktablarga endi “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalar beriladi

Maktablarga “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalar beriladi

O‘zbekiston maktablarida jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikani kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy etilmoqda. Endilikda har bir maktab o‘quvchilarning jinoyatchilik darajasiga qarab toifalarga ajratiladi.

📎 Rasmiy hujjat: Yangi nizom matni (Google Drive)

Qanday toifalar mavjud?

Yangi tartibga ko‘ra maktablar quyidagicha toifalanadi:

  • “Yashil” toifa – hisobot davrida maktab o‘quvchilari tomonidan hech qanday jinoyat sodir etilmagan bo‘lsa.

  • “Sariq” toifa – hisobot davrida 1–3 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa.

  • “Qizil” toifa – hisobot davrida 3 tadan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lsa.

Ushbu tizim maktablarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash va jinoyatlarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda. Toifa natijalari asosida tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.