Grantlar

Avtstraliya: "The university of Melbourne" davlat universitetidan stipendiya dasturi, Stipendiya - $56,000

Ta’lim uchun mablag‘ga muhtoj talabalarga ko‘mak berish maqsadida turli xayriyalar orqali 150 dan ziyod stipendiyalar tashkil etilgan.

1 494 ko'rish

Yangilangan:

Avtstraliya: "The university of Melbourne" davlat universitetidan stipendiya dasturi, Stipendiya - $56,000

Melbourne International Undergraduate Scholarship

Melburn Universiteti — Avstraliyaning eng qadimiy universitetlaridan biri, dunyoning eng nufuzli universitetlar qatoriga kiradi. "Times Higher Education" reytingida ushbu universitet Avstraliya va Okeaniyadagi eng yaxshi universitet deb topilgan. Kuchli taraflari: tibbiyot, biotexnologiya, muhandislik (injeneriya) va san’at. Ushbu grant uchun alohida hujjat topshirish talab etilmaydi agar Melbourne universiteti talabasiga aylansanggiz tog‘ridan to‘g‘ri saralashga qo‘yilasiz.

Ushbu stipendiyani olish uchun siz:

  • Ushbu universitetga bakalavriat bosqichiga hujjat topshirgan bolishinggiz;
  • Yoki ushbu universitet talabasi bo‘lishinggiz kerak;

Asosiy talablar:

  • Avstraliya va Yangi Zelandiyadan boshqa mamlakat fuqarosi bo‘lishi va Avstraliyada doimiy yashamasligi;
  • O‘rta maktab natijalarinngiz eng yaxshi top 3%ga kirgan bo‘lishi kerak, masalan:
    • GCE A-darajalari: eng yaxshi uchta fan bo‘yicha o‘rtacha 93% dan kam bo‘lmagan natijaga ega bo‘lishinggiz kerak;
  • ilgari hech qanday oliy o‘quv yurtida bakalavr darajasini olmagan;

Eslatma: Sizning mamlakatingizning bakalavriat talabalari va Melburn xalqaro bakalavriat stipendiyalariga qatnashish talablari va litsenziya turiga oid talablar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bizning Offshore Recruitment Teamga murojaat qiling .

Hozirgi talabalar

$ 10,000gacha bo‘lgan qo‘shimcha stipendiyalar hozirgi talabalar uchun mavjud:

  • San’at, tijorat , dizayn yoki ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida bakalavriat bosqichi uchun 2022 yilga qayta ro‘yxatdan o‘tadilar.
  • O‘rtacha akademik ko‘rsatkichlari (WAM) kamida 80 dan yuqori bo‘lishi kerak;

Eslatma: Grantga mos talabalar avtomatik ravishda ko‘rib chiqiladi va akademik mahoratiga qarab takliflar beriladi. Grantlar soni cheklangan va shuning uchun haqiqiy tanlov ballari yuqori bo‘lishi mumkin.

Dasturga mos talabalar avtomatik ravishda ko‘rib chiqiladi va akademik ko‘rsatkichlariga qarab takliflar beriladi. Grantlar soni cheklangan va shuning uchun haqiqiy tanlov ballari yuqori bo‘lishi mumkin.

Grantning afzalliklari:

  • Bakalavr darajasining birinchi yilida $ 10,000 o‘qish uchun grant;
  • Bakalavr darajasining uch yillik davomiyligi uchun 50 foizlik to‘lovni qoplash yoki
  • Bakalavr darajasida uch yillik o‘qish uchun 100 foizlik to‘lov;

✅ Ta’lim uchun mablag‘ga muhtoj talabalarga ko‘mak berish maqsadida turli xayriyalar orqali 150 dan ziyod stipendiyalar tashkil etilgan.

  • Muddat: 30.11.2021
  • Stipendiya: $5,000 - $56,000

Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin hamda tez tez so‘raladigan savollar (FAQ) bilan bu yerda tanishing.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish