Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Microsoft Cloud & Data scholarship: IT yo‘nalishiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun 150ta to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

30.03.2022 22:46
Microsoft Cloud & Data scholarship: IT yo‘nalishiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun 150ta to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

18.04.2022

Rasmiy havola:

www.udacity.com

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

Hozirda Microsoft hamda Udecity tomonidan IT yo‘nalishlariga kuchli qiziqish bildirgan 150 nafar yoshlar uchun to‘liq kurs pullari qoplab beriladigan o‘zining onlayn kurslarini taqidm etmoqda. Ushbu grantni berishdan asosiy maqsad Microsoft Azure suniy intellekt bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlash hamda ularni Microsoft sertifikatini olishga tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari ayollar hamda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun sifatli ta’lim berishdan iborat. Kurslar 26-apreldan 26-iyulga qadar olib boriladi.

Microsoft Cloud & Data stipendiyasining afzalliklari:

  • Barcha kurs to‘lovlari qoplab beriladi;
  • Nomzodlar kurs davomida "nonodegree" dasturini boshlashlari mumkin;
  • Nomzodlar 2 oy davomida bo‘lishi kutilayotgan barcha sessiyalarda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar;
  • Kursni tamomlagandan so‘ng nomzodlar ikkala tomondan ham sertifikatlarni oladilar. Ushbu sertifikatlar bepul taqdim etiladi ya’ni ishtirokchilar $165 lik to‘lovni qilmaydilar;
  • Ushbu dasturlar orqali CV/Resumeyingizni ancha boyitib olsangiz bo‘ladi;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Nomzodlarda Microsoft to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lishlari hamda uni o‘rganishga kuchli qiziqish bildirishlari kerak;
  • Irqi, dini, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha davlat fuqorolari qatnashishlari mumkin;
  • Asosan ayollar, qora tanlilar hamda ispaniyaliklarga ustunlik beriladi;

Ariza topshirish jarayoni:

Oxirgi muddat: 18.04.2022-yil

Batafsil ma’lumotlar hamda tez tez so‘raladigan savollar yuzasidan rasmiy sahifa orqali ma’lumot olishingiz mumkin.