Millarderlarning muvaffaqiyati siri: Kitob o‘qishga nega ko‘p vaqt ajratishadi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Nima uchun ko‘p kitob o‘qish kerak?
Dunyodagi eng muvaffaqiyatli insonlar kitob o‘qishning ahamiyatini doimo ta’kidlab kelishadi. Ular har kuni yoki har hafta kitob o‘qib, bilimlarini kengaytirib borishadi. Kitob o‘qish orqali hayot va ishda ustunlikka erishish mumkinligini ko‘plab tadqiqotlar va tajribalar tasdiqlaydi.
Muvaffaqiyatli insonlar qanday kitob o‘qiydi?
- Bill Geyts, Microsoft kompaniyasi asoschisi, yiliga 50 ta kitob o‘qiydi. Bu haftasiga 1 ta kitob o‘qishni anglatadi.
- Muhandis, yozuvchi va ixtirochi Ilon Mask esa juda ko‘p kitob o‘qiganini ta’kidlab keladi. Yoshligida u kuniga bir necha soatlab kitob o‘qir edi.
- Mark Sukerberg, Facebook asoschisi, har 2 haftada bitta kitob o‘qishga vaqt ajratadi. Bu yiliga 24 ta kitob degani.
- Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet bo‘sh vaqtining 80 foizini kitob o‘qishga sarflaydi. U o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishdan oldin kuniga 500 sahifa kitob o‘qigan.
Ushbu insonlarning muvaffaqiyati, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi va ular tomonidan o‘zlashtirilgan kitoblar soni orasidagi bog‘liqlikni ko‘rish qiyin emas. Ular oddiy odamdan 20-50 barobar ko‘proq ma’lumot iste’mol qiladilar, shuning uchun ham ularning aqlliligiga hayron bo‘lmaslik kerak.
Kitob o‘qishga vaqt yo‘q degan bahona
Ko‘pchilik "kitob o‘qishga vaqtim yo‘q" deb o‘ylaydi. Ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy odam yiliga ijtimoiy tarmoqlarga 608 soat, YouTube, filmlar va televizorga esa 1642 soat vaqt sarflaydi. Jami 2250 soat davomida ko‘pincha foydasiz materiallarga ko‘proq vaqt ajratiladi. Bu vaqtning 20-50 foizini kitob o‘qishga sarflash orqali siz bilimlaringizni oshirishingiz va hayotda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin.
100 ta kitob o‘qish mumkinmi?
Yilda 100 ta kitob o‘qish amaliy jihatdan mumkin. Agar bir kitobda o‘rtacha 50 000 ta so‘z bo‘lsa, jami 5 million so‘z o‘qishingiz kerak bo‘ladi. 200 ta so‘z minutiga o‘qisangiz, bu 25 000 daqiqa yoki 417 soat vaqtni oladi. Shunday ekan, yil davomida kitob o‘qishga 417 soat ajratish imkonsiz emas.
Nima uchun kitob o‘qish kerak?
Kitob o‘qish sizga har qanday sohada ustunlikka erishishga yordam beradi. Muvaffaqiyatli insonlar o‘z muvaffaqiyatlarini kitob o‘qish bilan bog‘lashadi. Kitoblar sizga nafaqat bilim beradi, balki dunyoqarashingizni kengaytiradi, fikrlash doirangizni o‘stiradi. Kitobni diqqat bilan tanlash va uni amaliyotda qo‘llash muhimdir.