Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

MOIC International Summit: Shimoliy Kipr Turkiya Respublikasida Xalqaro yoshlar Sammiti

10.09.2021 23:08
MOIC International Summit: Shimoliy Kipr Turkiya Respublikasida Xalqaro yoshlar Sammiti

Muddati:

26.09.2021

Davlat:

Turkiya

Rasmiy havola:

www.modeloic.org

Grant turi:

Tanlovlar

The Model Organization of Islamic Cooperation - (ICYF)Islom Hamkorligi tahshkiloti hisoblanib ushbu tashkilot xalqaro darajada talabalar bilan aloqalarni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan. Birinchi saralash bosqichlari yakunlangandan so‘ng OIC ning 4 ta mintaqasi ishtrokida o‘zoro o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi. O‘quv mashg‘ulotida MOIC qonun qoidalari bo‘yicha treninglar bilan bir qatorda qo‘mitalarda boladigan akademik mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Treningdan so‘ng qatnashchilarga 1 hafta ushbu dasturga tayyorharlik uchun beriladi.

Model OIC sammitlari 5-6 oktabr kunlari (Xalqaro va Afrika mintaqasi uchun) hamda 7-8 oktabr kunlari (Osiyo va Arab mamlakatlari uchun) Zoom Platformasida bo‘lib o‘tadi.

Model OIC ning qo‘ygan maqsad va vazifalari:

  • Hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xalqaro atmosfereni yaratish hamda bilim va ko‘nikmalarni bo‘lishishdan iborat;
  • OICning kelib chiqishi hamda faoliyati haqida ijtimoiy, madaniy hamda siyosiy ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda ularni almashish;
  • Ishtrokchilar bilan birgalikda xar xil diologlar, musobaqa va debatlar uyushtirish;
  • Milliy hamda Xalqaro darajada Model OIC klubining tarmoqlarini kengaytirsh hamda yaxshilash;
  • MOIC talabalar klubi loyihasi uchun yangi a’zolarni jalb etish;

Nomzodlar uchun talablar:

  • Nomzod 18-35 yosh oralig‘ida bo‘lishi lozim;
  • Hozirda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabasi bo‘lishi lozim;
  • ICYF xodimlari hamda yaqain qarindoshlari topshira olmaydilar;
  • Onlayn Model OIC tadbirida eng yaxshi delegat bo‘lib tayinlanishi kerak;

Dasturning foydali jihatlari: dastuning oxirida qo‘mita a’zolari tomonidan eng yaxshi nomzodlarni tanlab olinadi , shuningdek 14 ta qo‘mita bo‘lganligi sababli 14 ta nomzod onlayn bo‘lib o‘tgan OIC sammitidan tanlanadi hamda Turkiya respublikasidagi oflayn Xalqaro MOIC sammitiga taklif etiladi.

Kerakli sanalar:

  • 8-26 Sentabr Onlayn qabul ;
  • 27-sentabr natijalar e’lon qilinadi;
  • 1-oktabr Ochilish marosimi;
  • 5-6 oktabr Xalqaro va Afrika mamlakatlari uchun MOIC sammiti onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi;
  • 7-8 oktabr Osiyo va Arab mamlakatlari uchun MOIC Sammiti onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi;
  • 8-oktabrda eng yaxshi delegatlar e’lon qilinadi;
  • 3-7 Noyabrda Xalqaro MOIC sammiti Turkiya Respyblikasida oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi;

Hoziroq Onlayn Arizani to‘ldiring!