Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

National Humanities Center Fellowship - tadqiqotchilar uchun Kanadada tadqiqot olib borish imkoniyati

6.09.2021 09:53
National Humanities Center Fellowship - tadqiqotchilar uchun Kanadada tadqiqot olib borish imkoniyati

Muddati:

07.10.2021

Davlat:

Kanada

Grant turi:

Internship

Dastur haqida umumiy ma’lumot:

The National Humanities markazi millati va fuqaroligidan qat’iy nazar gumanitar sohada ilmiy izlanish olib boruvchi olimlar va tadqiqotchilar uchun Kanadaning Gelf universitetida amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi. Markaz gumanitar sohadan tashqari, tabiiy va ijtimoiy fanlar, san’at, kasb va ijtimoiy hayot sohasidagi olimlarning arizalarini dasturga foydali deb topilsa, qabul qiladi.

Foydali tomonlari:

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • Amaliyotchi va Markazning holatidan kelib chiqqan holda $70.000 gacha oylik maosh;
  • Amaliyotchi va uning yaqin oila a’zolari uchun safar xarajatlarini qoplab berilishi mumkin.

MUHIM! Markaz tadqiqot davomidagi sayohat, turar joy va boshqa xarajatlarni qoplamaydi.

Talablar:

  • Nomzodlar doktorantura (yoki ekvivalent) bosqichini tugatgan bo‘lishi kerak;
  • Nomzodning gumanitar sohada tadqiqot olib borishi lozim. (Olimning qilayotgan tadqiqoti gumanitar sohaga aloqador bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy fanlar, san’at, kasb va ijtimoiy hayot kabi sohalarda bo‘lsa, ariza topshirishlari mumkin).

Talablar haqida batafsil SHU YERDA.

Ariza berish tartibi:
Markaz 2022-2023-o‘quv yili uchun arizalarni 2021-yil 1-iyuldan boshlab, 2021-yil 7-oktyabrgacha qabul qiladi. Grantga nomzodlardan onlayn ariza shaklini to‘ldirish va quyidagi hujjatlarni yuklash so‘raladi:

  • 1000 so‘zdan iborat loyiha taklifi;
  • Qisqa bibliografiya (2 sahifagacha);
  • CV/Tarjimayi hol (4 betgacha);
  • Loyiha tuzilishining bir sahifadan iborat taxminiy rejasi (agar loyiha kitob holida bo‘lsa, bo‘limlarning konturini taqdim eting; aks holda, loyihaning tarkibiy qismlari va ularning hozirgi kungacha bajarilishi haqida qisqacha ma’lumot bering);
  • 3 ta tavsiyanoma beruvchi shaxslarning to‘liq ismi, bog‘lanish uchun kontakt ma’lumotlari. 7-oktyabrga qadar tavsiyanoma beruvchiga tavsiyanoma ya’ni recommendation letterlarini yuklashlari uchun so‘rov yuboriladi;

MUHIM. Hujjatlarni tayyorlash va topshirish tartibi haqida ma’lumotlarni SHU YERDAN o‘qib olishlari tavsiya etiladi.