Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Angliya:National Poetry Competition — shoirlar uchun mukofot puli £5000 qiymatga ega onlayn tanlov

24.08.2021 02:09
Angliya:National Poetry Competition — shoirlar uchun mukofot puli £5000 qiymatga ega onlayn tanlov

Muddati:

31.10.2021

Davlat:

Angliya

Rasmiy havola:

npc.poetrysociety.org.uk

Grant turi:

Tanlovlar

Angliya hukumati sheʼriyatga ixlosmandlari uchun National Poetry tanlovini eʼlon qiladi. Ushbu tanlov 18 yoshdan oshmagan ijodkorlar uchun bo‘lib, ularning hech qayerda, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinmagan va ulashilmagan, qolaversa, hajm jihatdan 40 misradan koʻp boʻlmagan sheʼri uchun beriladigan dunyodagi eng nufuzli mukofotlardan biri. Tanlovda barcha shoirlar oʻzlarining sheʼrlari orqali £5000 gacha pul va qoʻshimcha The Peggy Poole Award mukofotlari bilan taqdirlanish imkoniga ega boʻladilar.

Ishtirok etish uchun talablar:

  • ishtirokchilar 18 yoshdan katta boʻlishi kerak;
  • 40 misradan oshmagan istalgan mavzuda oʻzlarining sheʼrlarini joylashlari lozim;
  • sheʼrlar 2022-yil 31-martgacha boshqa tanlovda eʼlon qilinmagan, nashr etilmagan yoki ijtimoiy tarmoqlarda ommaga eʼlon qilinmagan boʻlishi kerak;
  • ushbu tanlov tashkilotchilari - The Poetry Society xodimlari- bu musobaqa qatnasha olmaydilar.

Talablar haqida batafsil SHU YERDA.

Ishtirok etish uchun qatnashchilar avval online roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni toʻldirishlari lozim. Bir martalik ariza va she’r topshirish narxi £7. Bunda 2 tagacha she’r joylasa bo‘ladi. Bundan keyingi qolgan arizalar narxi $4 dan.

Gʻoliblar 2022-yil fevral oyi oxirigacha eʼlon qilinadi va ulardan biografiya va bitta surat berishlari soʻraladi. Barcha ishtirokchilar e-mail manzillari orqali natijalardan xabardor qilinadi, shuning uchun ishtirokchilar maʼlumot toʻldirayotganda e-mail mazillarini toʻgʻri yozishlari lozim.

Ko‘p so‘raladigan savollar va ularning javoblari SHU YERDA

Qoʻshimcha maʼlumot uchun support@poetrysociety.org.uk manziliga xabar yuborishingiz mumkin.