Navbatdan tashqari attestatsiya uchun qancha to‘lov qilinadi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Navbatdan tashqari attestatsiya uchun qancha to‘lov qilinadi?
Pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish Nizomining 21-bandida, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilishi belgilangan.
Toʻlovlar miqdori quyidagicha:
-
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirgi kunda 340 ming soʻm, 1-oktyabrdan boshlab 375 ming soʻm).
-
https://pedkadr.uzedu.uz/ platformasi orqali murojaat etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm, 1-oktyabrdan boshlab 337 ming 500 soʻm).
-
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm, 1-oktyabrdan boshlab 337 ming 500 soʻm).
Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS raqamiga oʻtkazish kerak boʻladi