Pedagoglar diqqatiga: Attestatsiya to‘lovi qaytarilmaydi

Pedagog kadrlar uchun attestatsiya jarayoni bo‘yicha muhim qoidalar belgilangan bo‘lib, ushbu tartiblar Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori (17.09.2021) asosida tasdiqlangan. Shu sababli attestatsiyaga hujjat topshirishdan oldin barcha shartlarni diqqat bilan o‘rganish tavsiya etiladi.
Attestatsiya to‘lovi qachon qaytarilmaydi?
Quyidagi holatlarda attestatsiya uchun to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi:
- Attestatsiyadan voz kechgan bo‘lsangiz
- Malaka toifasini yoki lavozimni himoya qila olmagan bo‘lsangiz
- Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘ta olmasangiz
Attestatsiyani boshqa muddatga ko‘chirish mumkin bo‘lgan holatlar
Agar pedagog kadr uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnasha olmasa, uni boshqa muddatga ko‘chirish mumkin. Uzrli sabablar quyidagilar:
- Mehnatga qobiliyatsizlik (tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim)
- Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish
- Respublika yoki xalqaro musobaqalarda ishtirok etish
- Vaqtincha xorijiy mamlakatda bo‘lish
- Yaqin qarindoshining vafoti
- Vakolatli organlar yoki ta’lim tashkiloti rahbarlarining asosli ma’lumotnomasi
Bunday hollarda to‘lov qayta amalga oshirilmaydi, faqat attestatsiya sanasi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Hujjat topshirishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?
- Toifa sertifikatingizning amal qilish muddatini tekshiring
- Joriy attestatsiyaning majburiy yoki ixtiyoriy ekanligini bilib oling
- Agar joriy attestatsiya majburiy bo‘lsa, lekin siz navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza bersangiz, arizangiz rad etiladi va to‘lov qaytarilmaydi
Noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilgan taqdirda
Agar pedagog kadr attestatsiya jarayonida noto‘g‘ri ma’lumot yoki qalbaki hujjatlar taqdim etsa, quyidagi choralar ko‘riladi:
- Hujjatlar qabul qilinmaydi
- Attestatsiya jarayoni bekor qilinadi
- To‘langan mablag‘ qaytarilmaydi
Xulosa
- Attestatsiya jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun barcha talab va shartlarni to‘liq tushunib chiqing.
- Hujjatlaringizning to‘g‘riligini tekshiring va e’tiborsizlik tufayli mablag‘ yo‘qotib qo‘ymaslik uchun barcha qoidalarni inobatga oling.