Nega talabalar nosog‘lom oziq-ovqatlarni tanlaydi?

Kuzatuvlarga ko‘ra, talabalarning 80%i fast food kabi tez tayyorlanuvchi taomlarni iste’mol qiladi. Atigi 10% talaba sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qiladi va bu turdagi mahsulotlardan voz kechadi.
Shifokorlar fikriga ko‘ra, tez tayyorlanadigan mahsulotlar alkogol va tamakidan ham zararliroq bo‘lishi mumkin. Ularning muntazam iste’moli ichki kasalliklar, ortiqcha vazn va boshqa sog‘liq muammolarini keltirib chiqaradi.
Eng zararli mahsulotlar
Quyidagi mahsulotlar sog‘liq uchun eng zararli deb hisoblanadi:
- Chipslar va kartoshka fri – yog‘da qovurilgani sababli yurak-qon tomir kasalliklarini chaqirishi mumkin.
- Konserva va arzon kolbasalar – tarkibida kimyoviy qo‘shimchalar va ortiqcha tuz ko‘p.
- Ketchup va mayonez – yuqori kaloriyali va zararli konservantlarga ega.
- Fast food va hotdoglar – organizm uchun zarur ozuqa moddalariga ega emas.
- Popkorn – yog‘ va tuz miqdori yuqori bo‘lib, hazm qilish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
- Shirinlik va shokoladlar – ortiqcha iste’mol qilinganda qandli diabet xavfini oshiradi.
- Margarin – zararli trans yog‘larni o‘z ichiga oladi.
- Oq non – ortiqcha iste’mol qilinsa, qand miqdorini oshirishi mumkin.
- Gazli va shirin ichimliklar – tarkibida ko‘p miqdorda shakar va sun’iy rang beruvchi moddalar mavjud.
- Tez tayyorlanuvchi makaron mahsulotlari – tarkibida sun’iy lazzat kuchaytirgichlar ko‘p.
Nosog‘lom ovqatlanish talabalarning energiya darajasini pasaytiradi, diqqatni jamlashga salbiy ta’sir qiladi va jismoniy sog‘lig‘ini yomonlashtiradi. Shuning uchun ham mutaxassislar sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya qilishni tavsiya etadilar.