Nodavlat universitetlar diplom keyinchalik tan olinmasligi mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Nodavlat oliygohlarda o‘qiydigan yoshlarda quyidagi savollar bo‘lishi tabiiy:
- Yangi qaror chiqqanidan keyin nodavlat universitetlar diplom tan olinmasligi mumkinmi?
- Men oʻqiyotgan nodavlat universitet yopilib ketmaydimi?
Avvalo taʼkidlash lozimki, davlat dasturi lohiyasida ushbu yangi normativ-huquqiy hujjat nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlashda raqobatbardoshlikni oshirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilishi belgilangan.
Yaʼni nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari mavqeni yanada mustahkamlash va sharoit yaratish nazarda tutilgan. Hozirgi paytda nodavlat universitetlar yurtimizda oliy taʼlim qamrovini oshirish va yoshlarning taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Shunday ekan litsenziyalangan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlar xavotir olmasa ham boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.