Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nostrifikatsiya haqida gaplashamiz

01-fevral 09:00
Nostrifikatsiya haqida gaplashamiz

Ko‘plab obunachilarimiz tomonidan, nostrifikatsiya bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushadi. Shu bo‘yicha qisqacha ma’lumot ulashaman:

Nostrifikatsiya (xorijiy diplomlarni O‘zbekiston hududida tan olinishi) uchun ro‘yxatdan o‘tishning 2 xil usuli mavjud:

1️⃣ My.gov.uz sayti orqali

2️⃣ Davlat xizmatlari markazi orqali

  • 1-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/oz) orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor boʻladi.

📑 Kerakli hujjatlar:

➖ Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom (o‘zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)

➖ Diplom ilovasi (o‘zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)

Bu uchun:

  • Portalga (https://my.gov.uz/oz) kirasiz.
  • Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
  • Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Ta’lim boʻlimi tanlaysiz.
  • Diplomni nostrifikatsiyalash boʻlimiga kirasiz.
  • Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
  • To‘lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali).

2-usul. Davlat Xizmatlari markazi orqali. Bunda o‘zingizga eng yaqin va qulay bo‘lgan istalgan Davlat Xizmatlari Markaziga kerakli hujjjatlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 DXM orqali murojaat qilinganda:

➖ pasport;

➖ Diplom va ilovaning asl nusxasi;

➖ Diplom va ilovaning o‘zbek tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan nusxasi.

💵 Nostrifikatsiya uchun to‘lov mavjud bo‘lib, u bazaviy hisoblash miqdoring 3 barobarini (1 125 000 so‘m) tashkil etadi.

💼 Ariza 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi va hujjatlarda kamchilik mavjud bo‘lmasa imtihonga kirish uchun tegishli ruxsatnoma shakllanadi.

📝 Imtihon va o‘tish bali haqida:

Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 100 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanadi. Imtihondan o‘tish 56 balni tashkil etib, undan kam to‘plangan holda testdan o‘tolmagan hisoblanib, diplom tan olinmaydi.

Test sinovlaridan o‘tolmagan talabgor qaytadan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin va qayta ro‘yxatdan o‘tishda bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari (750 ming so‘m) to‘lov amalga oshiradi.

Ja’farxon Isaxonov, bloger