O‘qishni ko‘chirishdan voz kechish mumkinmi?

Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
O‘qishingizni ko‘chirishni xohlamasangiz, nima qilish kerak?
Agar o‘qishingizni ko‘chirishga tavsiya etilgan bo‘lsangiz, lekin endi bunga ehtiyoj qolmagan bo‘lsa, o‘qish joyingizda qolish imkoniyati mavjud.
📌 Buning uchun nima qilish kerak?
- O‘qishingiz ko‘chirilgan oliygohga “perevodni rad etish” haqida ariza yozish lozim.
- Ariza qabul qilingach, siz avvalgi ta’lim muassasangizda tahsilni davom ettira olasiz.
- Hech qanday rasmiy ariza bermasangiz va yangi oliygoh bilan aloqani uzsangiz, avtomatik ravishda o‘qish ko‘chirish jarayoni amalga oshmaydi.
⚠️ Muhim eslatma: Agar siz o‘qish joyingizni o‘zgartirish bo‘yicha barcha hujjatlarni topshirib, yangi oliygohda rasmiy ro‘yxatga olingan bo‘lsangiz, keyin orqaga qaytish qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababli qaror qabul qilishdan oldin o‘zingizga aniq javob bering.