O‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib yuborishi mumkinmi?
17-sentabr 02:29

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILO‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib yuborishi mumkinmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ida mazkur me’yorlar belgilangan.
Pedagog va xodimlarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:
- Jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo‘ravonlik ko‘rsatish;
- O‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
- “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;
- Dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
- Ta’lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelish;
- Ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
- Muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
- Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazish.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘quvchilarni darsdan sababsiz chiqarib yuborish yoki darsga sababsiz kiritmaslik mumkin emas
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
O‘qituvchilar uchun namunaviy odob-axloq qoidalari
22-yanvar 16:32