O‘qituvchilarning navbatchilikka jalb qilinishi qonuniymi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yish mumkinmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim majburiyatlari bo‘yicha o‘qituvchining navbatchilik vazifasi mavjud emas. Shu sababli, ish beruvchining o‘qituvchilarni navbatchilikka majburlash huquqiy asosga ega emas.
Mehnat kodeksi 115-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimdan mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan ishni bajarishni talab qilishga haqli emas. Shuningdek, ish beruvchi qonunga zid bo‘lgan yoki xodimning huquqlarini buzadigan amallarni xodimdan bajarishni talab qilishi mumkin emas.
Bu kabi holatlarda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxsga mehnat qonunlarini buzganlik uchun jarima solinishi mumkin. Shu sabab maktabda o‘qituvchilarni navbatchilikka jalb qilish noqonuniy hisoblanadi.