Oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 12 million soʻmga yetkaziladi – Prezident
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 12 million soʻmga yetkaziladi – Prezident
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarning maoshi kelgusi yildan qanday qilib 12 million so‘mga yetkazilishi haqida ma’lumot berdi. Davlat rahbari o‘qituvchilarning mehnatini rag‘batlantirishni davom ettirishini ta’kidladi:
“Muallimlarni qo‘llab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishni albatta davom ettiramiz,” dedi Shavkat Mirziyoyev.
1-oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqi 15 foizga oshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati berish yo‘lga qo‘yiladi. Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.
Shuningdek, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi xalqaro sertifikati bo‘lsa, u 50 foiz ustama, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha ustama va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama olishi mumkin.
Prezidentning ta’kidlashicha, shu tariqa o‘qituvchining umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.