Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oxford Clarendon: Buyuk Britaniyada magistratura va PhD bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant

21.09.2021 23:32
Oxford Clarendon: Buyuk Britaniyada magistratura va PhD bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant

Muddati:

01.01.2022

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.ox.ac.uk

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Buyuk Britaniyada Oksford universiteti tomonidan magistratura hamda doktorantura bosqichida tahsil olishni istagan akademik jihatdan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yoshlar uchun Klarendon stipendiyasini taqdim etmoqda.Oksford stipendiyasi Klarendon jamg‘armasi tomonidan 2001 yildan, jamg‘arma tashkil etilgan yildan boshlab beriladi. Har yili chet ellik talabalar uchun 150ta stipendiya ajratiladi.

Grantning afzallilari:

  • Oksford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun o‘qish to‘lovi 100% qoplanadi;
  • Yillik 15 000$ atrofida yashash xarajatlari uchun stipendiya;
  • Tadqiqotchilar Klarendon olimlari uyushmasiga a’zo bo‘lishadi;
  • Tadqiqotchilarga simpoziumlar, teatrlar kabi madaniy joylar va tarixiy joylardan foydalanish imkoniyati beriladi;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Barcha davlat fuqorolari topshirishlari mumkin millati, dini va irqidan qat’iy nazar;
  • Bakalavriat baholari juda yaxshi bo‘lishi ya’ni GPA 4.0 dan kamida 3.7 bo‘lishi kerak;
  • Nomzod Oxford universitetining magistratura yoki PhD doktorantura bosqichiga qabul qilingan bo‘lishi zarur;
  • Barcha manfaatdor nomzodlar birinchi navbatda universitetning magistratura yoki doktoranturasiga qabul qilish uchun ariza berishlari kerak;
  • Qabul qilish uchun ariza topshirgandan so‘ng, abituriyent avtomatik ravishda stipendiya uchun tanlanadi;

Eslatma: Ro‘yxatga olinganingizdan so‘ng, Clarendon jamg‘armasi siz bilan elektron pochta orqali bog‘lanadi va sizga taklif yuboradi. Siz taklif xatini qabul qilishinggiz kerak;

Kerakli Hujjatlar:

  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement);
  • Tadqiqot taklifi (agar mavjud bo‘lsa)
  • Mukofotlar, sertifikatlar va boshqalar.
  • Akademik baholari va diplom;

Batafsil Bu yerdan bilib oling!