Oxirgi natijalarga ko‘ra abituriyentlar 1 mln lik dovondan osholmadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-yilda testda qatnashadigan abituriyentlar 1 mln lik dovondan osholmadi
2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish testida ishtirok etadigan abituriyentlar 948 486 nafarni tashkil etdi.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
- Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
- Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.
❗️Joriy yilda testga kiradigan abituriyentlar soni 1 mlnga ham yetmadi
Avvalroq, 1 mlndan oshiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani aytilgan edi. Demak, salkam 70 ming abituriyent testga kirish uchun to‘lovni amalga oshirmagan va ular ro‘yxatdan o‘tmagan deb topilgan.
Maʼlumot uchun, o‘tgan yili 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent testga kirishi belgilangan edi. Demak, joriy yilda testga kiradigan abituriyentlar soni o‘tgan yilgiga qaraganda deyarli 200 mingdan kamroq bo‘ladi.