O‘zbek tili o‘qituvchilariga 50 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbek tili o‘qituvchilari uchun 50 foizlik qo‘shimcha ustama to‘lanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Ustama olish shartlari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha dars beruvchi pedagoglar:
- Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimi orqali tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lishlari kerak.
- Ustama miqdori o‘qituvchining tarif stavkasiga nisbatan 50 foizni tashkil etadi.
Mazkur qaror o‘zbek tili fani o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishi va malaka oshirish tizimini rag‘batlantirishga qaratilgan.