Oʻzbekistonda Amerika texnologiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oʻzbekistonda Arizona davlat universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda Amerika texnologiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-sentabr kuni Nyu-Yorkda Cintana taʼlim kompaniyasi asoschisi va raisi Duglas Bekker bilan uchrashuvida soʻz yuritildi.
Cintana Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, dunyoning 30 mamlakatida faoliyat yuritadi, universitetlarda taʼlim sifatini oshirish bilan shugʻullanadi.
Yangi OTMda 2024-yildan boshlab sogʻliqni saqlash, injiniring, arxitektura va dizayn kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlashni boshlash koʻzda tutilgan.
“Davlatimiz rahbari ushbu rejalarni maʼqullab, Oʻzbekiston taʼlim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi", — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.