O‘zbekistonda ikki oliygohda bir vaqtda o‘qish imkoniyati taklif qilindi

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILO‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida ikki oliy ta’lim muassasasida o‘qish imkonini yaratish taklifi ilgari surildi. Bu masalada senator Bahrom Abdullayev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga rasmiy so‘rov yubordi.
Amaldagi holat qanday?
Hozirgi tartibga ko‘ra:
-
Abituriyent faqat bitta OTMga asl hujjatlarini topshirishi mumkin;
-
HEMIS tizimi orqali boshqa oliygohga ro‘yxatdan o‘tish bloklanadi;
-
Bu holat abituriyentning bir vaqtning o‘zida ikki diplom olish imkoniyatini cheklaydi.
Qanday o‘zgarish taklif qilinmoqda?
Senator Bahrom Abdullayev taklifiga ko‘ra:
-
Talabalarga bir vaqtning o‘zida davlat va xususiy OTMlarda (yoki ikki xususiy OTMda) o‘qish huquqi berilishi kerak;
-
Bu amaliyot AQSH, Yevropa, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlarda mavjud;
-
O‘zbekistonda ham bu tizim joriy etilsa, talabalar ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi, va kadrlar salohiyati oshadi.
Nima uchun bu muhim?
-
Talabalar bir yo‘nalishda nazariy bilim, boshqa yo‘nalishda esa amaliy ko‘nikmalar olish imkoniga ega bo‘ladi;
-
Tadbirkorlik, IT, pedagogika yoki boshqa sohalarni birgalikda egallash mumkin bo‘ladi;
-
Kadrlar raqobatbardoshligi ortadi va mehnat bozoriga tayyor holatda chiqadi.