“Prezident iqtidorli farzandlari” dasturiga qabul boshlandi: 1500 ta kvota ajratildi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi 2026–2027 o‘quv yili uchun “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga qabul kvotalari va saralash imtihoni sanalarini e’lon qildi. Dastur doirasida mamlakat bo‘yicha jami 1500 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Hududlar bo‘yicha qabul kvotalari
Quyidagi hududlar kesimida kvotalar tasdiqlangan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 140 ta
- Andijon вилояти — 120 ta
- Buxoro вилояти — 110 ta
- Farg‘ona вилояти — 150 ta
- Jizzax вилояти — 100 ta
- Namangan вилояти — 98 ta
- Navoiy вилояти — 60 ta
- Qashqadaryo вилояти — 120 ta
- Samarqand вилояти — 140 ta
- Sirdaryo вилояти — 80 ta
- Surxondaryo вилояти — 106 ta
- Toshkent вилояти — 120 ta
- Xorazm вилояти — 100 ta
- Toshkent shahri — 56 ta
Ariza topshirish muddati
Dasturga hujjatlar 2026-yil 15-maydan 4-iyungacha qabul qilinadi. Nomzodlar arizani onlayn tarzda quyidagi platformalar orqali yuborishlari mumkin:
Saralash imtihoni qachon bo‘ladi?
Saralash imtihonlari 2026-yil 2-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihon spetsifikatsiyasi
Avvalroq dastur bo‘yicha kirish imtihonlari spetsifikatsiyasi ham e’lon qilingan edi. Abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha namunaviy talablar bilan tanishishlari mumkin:
Mazkur dastur iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy loyihalardan biri hisoblanadi.