Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

RUSSIA-BALKAN YOUTH FORUM: Rossiyaning Kazan shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘liq moliyalashtiriluvchi yoshlar forumi;

15.05.2022 08:02
RUSSIA-BALKAN YOUTH FORUM:  Rossiyaning Kazan shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘liq moliyalashtiriluvchi yoshlar forumi;

Muddati:

20.05.2022

Davlat:

Rossiya

Rasmiy havola:

kazan.oicyouthcapital.com

Grant turi:

Bakalavriatura, Konferensiya, Doktorantura, Magistratura, Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

Rossiy-Bolqon Yoshlar forumi

Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) Yoshlar ishlari vazirligi va Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICYF) Yoshlar diplomatiyasi akademiyasi, Ijodkor yoshlar akademiyasi va Tatariston Respublika yoshlar jamoat fondi bilan hamkorlikda Rossiya-Bolqon yoshlar forumini tashkil etmoqda. 2022-yil 23-26-iyun kunlari onlayn hamda onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi (qaysi birida qatnashishingzini ro‘yxatdan o‘tayotganda belgilab o‘tasiz) Tatariston (RF) Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Dasturning maqsadi:

  1. Bolqon, Rossiya va IHT yoshlari uchun tadbirkorlik, ijodiy sohalar va xalq diplomatiyasi sohasida o‘z g‘oyalari va loyihalari bilan bo‘lishish uchun umumiy platforma yaratish.
    2. Madaniyatlararo tarmoqlar va hukumat majburiyatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan samarali muloqot muhitini ta’minlash.
    3. Yoshlar sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratgan holda yangi loyihalar va hamkorlik aloqalarini o‘rganish, ularning mintaqada totuvlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va hamkorlikni ta’minlashdagi ahamiyati.
    4. Mintaqaviy muammolarni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini o‘rganish uchun yoshlar yetakchilari, ishchilar va faollar, shuningdek, hukumat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash.

Ushbu yoshlar forumi 3 xil dastur asosida bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar o‘z sohasi, yo‘nalishlariga mos kelgan bittasiga topshirishlari mumkin:

  1. Entrepreneurship (Tadbirkorlik sohasida yoshlarga oid loyihalarda oldingi tajriba hamda katta qiziqish):
  2. Creative industries(Ijodiy sohalar):
  3. Public diplomacy (Xalqaro diplomatiya):

Umumiy nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

• Bolqon, Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) (O‘zbekiston a’zo bo‘lgan) a’zo bo‘lgan davlatlar va Rossiya fuqorolari;
• Yoshi 18-35 orasida;
• Ingliz tilida muloqot qilish qobiliyati;
• Forumda ishtirok etayotgan mamlakatlarda o‘z loyihalarini yanada kengaytirish istagi.
• Mahalliy hamjamiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan liderlar.
• Barcha forum dasturida faol ishtirok etish uchun ishtiyoqli va mas’uliyatlibo‘lisji ls

Eslatma: Shuningdek har yo‘nalishga topshirishda o‘zingizda o‘sha sohaga katta qiziqish hamda tajribangiz (agar bo‘lsa) borligini ko‘rsatib ifoda etib berishingz kerak; Batafsil talablar bilan bu yerdan tanishing

Ariza topshirish jarayoni:

BU YERDAN onlayn ariza topshirasiz, ushbu ariza davomida quyidagi hujjatlarni yuklashingiz zarur;

  • CV
  • Chet elga chiqish passporti;
  • Shuningdek, 2 minutlik o‘zingiz hamda tajribangiz haqingizda video joylashingiz zarur;

Muhim: Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 20-may. Faqatgina tanlangan nomzodlarga xabar beriladi