Grantlar

Silikon vodiysida o‘tkaziladigan Hero Training akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Dastur ikki bosqichda — onlayn va oflayn amalga oshirilib, eng yaxshi 20 ta jamoa AQShda o‘tkaziladigan 5 haftalik dasturga jalb qilinadi.

558 ko'rish

Silikon vodiysida o‘tkaziladigan Hero Training akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Dastur ikki bosqichda — onlayn va oflayn amalga oshirilib, eng yaxshi 20 ta jamoa AQShda o‘tkaziladigan 5 haftalik dasturga jalb qilinadi.

Silikon vodiysida o‘tkaziladigan Hero Training akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqdaFoto: Spot

“Astana Hub” IT startaplari uchun Silikon vodiysida o‘tkaziladigan akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati “Spot"ga xabar berdi.

Ishtirokchilarni tayyorlashni jadallashtirish dasturi Kaliforniyaning San-Mateo shahridagi Draper universiteti tomonidan tashkil etilgan.

Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiyaning texnologik startaplari ishtirok etishi mumkin.

Dastur ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • onlayn pre-akseleratsiya;
  • Silikon vodiysining o‘zida oflayn akseleratsiya.

Eng istiqbolli deb topilgan 80 ta loyiha ikki haftalik “Astana Hub” onlayn dasturida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

Unda xalqaro venchur fondlaridan investitsiyalarni jalb qilish, mahsulotni ishlab chiqish va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tushunchalar beriladi.

Keyingi bosqichda esa eng yaxshi 20 ta jamoa Kaliforniyadagi “Hero Training"ga taklif qilinadi.

Akselerator 5 hafta davom etadi va startaplar ham AQSh bozoriga kirishi uchun 6 oy davomida turar joy va ish bilan ta’minlanadi.

Draper innovatsion ekotizimining a’zolari finalchi startaplarga investitsiyalarni jalb qilish va chet el bozorlarida mahsulot chiqarishga yordam beradi.

Shuningdek, ishtirokchilar “My Ventures” venchur fondidan $30 000 dan boshlab sarmoyalar jalb qilish imkoniyati ega bo‘ladi.

Uning tarkibiga tajribali tadbirkorlar, ekspertlar, korporativ hamkorlar va investorlar kiradi.

Dasturda ishtirok etishni xohlovchi startaplar 7-aprelgacha havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish