Grantlar

Turkiyada Sky Global & Yunus Emre to‘liq moliyalashtiriluvchi yozgi almashinuv dasturi & amaliyot o‘tash imkoniyati

Sky Global & Yunus Emre yozgi almashinuv dasturi va Turkiyada amaliyot

1 174 ko'rish

Yangilangan:

Turkiyada Sky Global & Yunus Emre  to‘liq moliyalashtiriluvchi yozgi almashinuv dasturi & amaliyot o‘tash imkoniyati

Sky Global & Yunus Emre yozgi almashinuv dasturi va Turkiyada amaliyot
Davlat: Turkiya.
Davomiyligi: 1 oy (2022-yil 18-iyuldan 2022-yil 19-avgustgacha).
Moliyaviy qamrov: to‘liq moliyalashtiriladi.
Qaysi davlatlar uchun: barcha millatlar.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil, 30-aprel.

Moliyaviy qamrov:
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Turkiyadagi Sky Global xalqaro stajirovka dasturi to‘liq moliyalashtiriladigan amaliyotdir. Barcha xarajatlar qoplanadi:

-Sayohat xarajatlari;
-Turar joy;
-Oziq-ovqat;
-3300 turk lirasi miqdorida oylik stipendiya;
-Shahar transporti xarajatlari;
-Ariza toʻlovi yoʻq.

Talablar:
1. Ingliz tilida ravon o‘qish, yozish va gapirish qobiliyati. (CEFR standartlari - C1 darajasi).
2. Hozirda oliy taʼlim muassasasida yoki quyidagi taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha magistraturada oʻqiyotganlar uchun:
a. Aerokosmik muhandislik.
b. Aviatsiya muhandisligi.
c. Mashinasozlik.
d. Elektron muhandislik.
e. Kompyuter muhandisligi.

3. Ariza topshirish sanasida 3.00/4.00 CGPA/GNO yoki ekvivalent ballga ega boʻlish.

4. Turkiya Respublikasiga sayohat qilishga hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi.

5. 18 yoshdan oshgan bo‘lish.

Kerakli hujjatlar:
Ariza beruvchilar quyidagi hujjatlarni elektron pochta orqali taqdim etishlari lozim:
-Ariza shakli (to‘ldirilgan va imzolangan);
-CV (.pdf hujjat);
-Bir sahifali shaxsiy bayonot;
-Ingliz tilini bilish sertifikati (.pdf hujjat);
-Passportning skanerlangan nusxasi (.png, .jpg yoki .pdf hujjat);
-Transkript (.pdf hujjat);

Sky Global & Yunus Emre 2022 Turkiyadagi yozgi almashinuv va stajirovka dasturiga ariza topshirish uchun yuqorida qayd etilgan barcha hujjatlar skyglobal@yee.org.tr elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

Ariza tekshirilgandan va rasmiy talablarga javob bergandan so‘ng, arizachilarga ular tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligi haqida xabar beriladi.

Sky Global Internship & Exchange dasturiga ariza topshirishning oxirgi sanasi - 2022-yil 30-aprel.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish