Grantlar

Sovrin jamg‘armasi 20 000$ bo‘lgan “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi. G‘oliblar Dubayga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

IT Park tomonidan startupchilar uchun tanlov

361 ko'rish

Sovrin jamg‘armasi 20 000$ bo‘lgan “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi. G‘oliblar Dubayga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida O‘zbekistonda IT Park va Dubai Future Foundation tomonidan tashkil etilayotgan sport dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi 5-15- dekabr kunlari start oladi.

Talablar:

  • Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • 16-30 yosh orasida bo‘lishi;
  • IT sohasiga qiziqishga ega bo‘lishi;
  • One Million Coders kurslaridan birini bitirganligi haqida sertifikatiga ega bo‘lishi;

Chempionatda nechta bosqich bor?

Musobaqalar sport dasturlari va sun’iy intellekt bo‘yicha alohida o‘tkaziladi va g‘oliblar ikki bosqichda – saralash (onlayn) va yakuniy (oflayn) bosqichlarda aniqlanadi.

G‘oliblar qanday mukofotlarga sazovor boʻlishadi?

Chempionatning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 2 tadan jami 4 nafar g‘olib aniqlanadi. G‘olib bolgan ishtirokchilar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘ladilar:

  • 1-o‘rin – $6500 AQSH dollar
  • 2-o‘rin – $3500 AQSH dollar

Ishtirok etish uchun 1-dekabrgacha https://cabinet.sport-programming.uz havolasida roʻyxatdan oʻtish kerak.

Batafsil ma’lumotni IT Park Cup veb-saytidan bilishingiz mumkin: https://sport-programming.uz

Savollaringiz bormi?

Telefon raqam: +998 71 209 11 99

Elektron pochta manzili: info@it-park.uz

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish