Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"STUDENTS CUP" 2021 tanlovi: Sovrin jamgʻarmasi 20 000 dollar

26.10.2021 13:08

Muddati:

07.11.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

it-park.uz

Grant turi:

Tanlovlar

IT Park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston universitetlari qoshidagi inkubatsiya markazlari, IT akademiyasi va Dubay Future Foundation bilan birgalikda Respublika boʻylab 20 ta universitet talabalari oʻrtasida Talabalar kubogi musobaqasining ikkinchi toʻlqinini boshlamoqda.

Bu yilgi musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 20 ming dollarni tashkil qiladi. Yutilgan mablagʻ gʻolib va sovrindorlarga IT bilan bogʻliq faoliyatning barcha sohalarida oʻz innovatsion loyihasini amalga oshirish imkonini beradi.

Tanlovda qaysi universitet talabalari qatnashishi mumkinligi va baholash mezonlari haqida batafsil shu yerda bilib olishingiz mumkin.

Tanlovda gʻolib bo‘lgan 3 ta eng yaxshi loyiha quyidagi miqdorda pul mukofotlarini oladi.

  • 1-o‘rin – 10 000 dollar
  • 2-o‘rin – 6 000 dollar
  • 3-o‘rin – 4 000 dollar

Tanlov ishtirokchisi bo‘lish uchun 7-noyabrgacha onlayn ariza topshirish kerak.

Muhim! Tanlov ishtirokchilari "One Million Uzbek Coders" sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

Muhim sanalar

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati — 7-noyabr.

Universitetlarda saralash bosqichi - 8–13-noyabr.

Tashqi ekspertlar tomonidan oldindan moderatsiya — 15–20-noyabr.

Musobaqa finali 11-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Talabalar kubogi startap tanlovi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun universitetingiz inkubatsiya markaziga murojaat qiling.