Bakalavr va magisitratura bosqichi talabalari uchun Shveytsariyada yozgi barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi

Muddati:
15.12.2021
Davlat:
Shveysariya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
"Registon" o’quv markazining YouTube kanalida biologiya fanidan bepul tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.– Registon ta'lim loyihasi
Student Summer Research Fellowship dasturi Kompyuter fanlari fakulteti bakalavriat va magistratura talabalariga yangi yozgi tadqiqot dasturini taklif qilmoqda.
Tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:
Nomzod tadqiqot dasturiga qabul qilingandan so‘ng, tashkilotchilar unga viza olishda yordam beradi va turar joy topishda yordam beradi. Dastur ishtirokchisi uy-joy va asosiy xarajatlar uchun oyiga 1750CHF oladi . Shuningdek, tashkilotchilar sayohat va viza xarajatlarini to‘laydilar. Talabalar dastur boshida sayohat pulini olishlari mumkin.
Talablar:
- Nomzodlar bakalavr bosqichining kamida 3-bosqichida yoki magistraturada o‘qiyotgan bo‘lishi kerak;
- Talabalar informatika (informatika, elektrotexnika, matematika, fizika va boshqa dasturlar) bilan bog‘liq dasturda o‘qishlari kerak;
- Ingliz tilini mukammal darajada bilishi lozim;
- Iyul va avgust oylarida Shveytsariyada bo‘la olishi kerak.
Talablar haqida batafsil shu yerdan bilib olishingiz mumkin.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Ishtirok etish uchun arizalar onlayn tarzda topshiriladi .
Kerakli hujjatlar:
- CV
- Universitet baholari;
- Motivatsion xat (mak. 1 sahifa)
- Tavsiyanoma. Tavsiyanomalar SSR_Fellowship@inf.ethz.ch manziliga yuborilishi kerak.