Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talaba bo‘lishni istaysanmi? Unda harakat qilishni boshla!

31-yanvar 12:12
Talaba bo‘lishni istaysanmi? Unda harakat qilishni boshla!

Talaba bo‘lishni istaysanmi? Unda harakat qilishni boshlang!

Abituriyent – bu hayotini o‘zgartirish uchun yo‘lga chiqqan shaxs. Har kim odam bo‘lib tug‘iladi, lekin inson bo‘lib yashash va o‘z hayotini o‘zi shakllantirish har bir kishining o‘z qo‘lida. Dunyoda birovga zarar yetkazmay yashash hali yaxshi inson ekanligingni anglatmaydi.

Agar hayotga loqayd bo‘lsang, faqat o‘zingni o‘ylasang, dangasa va harakatsiz yashashga o‘rgangan bo‘lsang, insonlikka da’vo qilishing qiyin. Harakat qilish – tiriklik belgisi.

Talabalik sari yo‘l: muvaffaqiyatga erishish qoidalari

1. Hech qachon “Vaqtim yo‘q” dema!Vaqt har kimga teng berilgan. Dunyoni boshqarayotgan mashhur insonlar ham xuddi sen kabi 24 soatga ega. Muhimi – vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.

2. Hech qachon “Eslab qololmayman” dema!Agar inson xohish bilan o‘rgansa, hamma narsani yodida saqlashi mumkin. Xotirangga ishon va uni mashq qilish orqali kuchaytir.

3. Hech qachon “Tushunmayman” dema!Aql va tafakkur insonga berilgan eng katta in’omdir. Muhimi – o‘z bilimingni rivojlantirishga intilish va hech narsadan voz kechmaslik.

Bugundan boshlab harakat qilishni boshlang! Abituriyent bo‘lish – bu talabalik tomon tashlangan qadam. Agar sen bu yo‘lda qat’iy bo‘lsang, orzularingga erishishing aniq.