Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

1-maydan oyliklar oshmoqda. Talabalarning kontrakt to‘lovi hamda stipendiyasi ham oshadimi?

30.03.2023 20:54
1-maydan oyliklar oshmoqda. Talabalarning kontrakt to‘lovi hamda stipendiyasi ham oshadimi?

Stipendiyalar oshdimi?

Yo‘q. Xabaringiz bor, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

❓Kontraktlar ham oshadimi?

2️⃣ Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to‘lash miqdori bir necha bor oshgan bo‘lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo‘yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.

Xushnudbek Xudoyberdiyev