Grantlar

Tesla: Talabalar uchun haq to‘lanadigan va to‘liq moliyalashtirilgan amaliyot dasturi

Tesla kompaniyasi tomonidan xaqlaro talabalarga kompaniyada ko‘plab yo‘nalishlarda amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etilmoqda

1 064 ko'rish

Tesla: Talabalar uchun haq to‘lanadigan va to‘liq moliyalashtirilgan amaliyot dasturi

Kompaniya va dastur haqida:

Tesla xalqaro amaliyoti - bu to‘liq moliyalashtirilgan pullik amaliyot dasturi. Tesla, eng muvaffaqiyatli o‘sib borayotgan biznes modeli. Siz allaqachon bilganingizdek, Tesla kompaniyasining egasi va asoschisi dunyodagi eng boy odam Elon Muskdir. Tesla kompaniyasi har yili juda ko‘plab yo‘nalishlarda to‘liq moliyalashtirilgan xalqaro amaliyot dastrularini taklif etib keladi.

Amaliyot dasturiga ariza berish uchun asosiy talablar:

  • Nomzodlar bakalavr yoki magistratura bosqichi talabalari bo‘lishlari kerak. Agar o‘qishni tamomlagan bo‘lsangiz ish o‘rni uchun ariza topshirib ko‘rish kompaniya tomonidan tavsiya etiladi;
  • Ingliz tilini mukammal bilish.

Dasturning tafsilotlari:

  • Amaliyotchilar kompaniya missiyasini amalga oshirishda yordam beradigan turli xil loyihalarda ishlashlari mumkin;
  • Ishga qabul qilish jarayoni talabalarni o‘zlarining qiziqishlari va tajribalariga mos keladigan jamoalar va loyihalar bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan;
  • Topshiriqlar kompaniyaning hozirgi ishga yollanish ehtiyojlari asosida amalga oshiriladi, lekin ko‘pincha muhim loyihalar va amaliy ishtirokni o‘z ichiga oladi.

Dasturning manfaatli tomonlari:

  • Barcha stajyorlar o‘z ishlari uchun kompensatsiya/stipendiya oladilar;
  • Barcha stajyorlar turar joy bilan ta’minlanadilar;
  • Amaliyotchilarga amaliyot qilish davlatiga kelish uchun bir martalik moddiy ko‘mak beriladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Nomzodlar BU YERDAN o‘zlari uchun mos amaliyot dasturini tanlashlari va ariza berishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish