The Einstein Fellowship 2022: Yosh olimlar uchun 10 000 yevrolik stipendiya va safar xarajatlarini moliyalashtiradigan dastur
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Dastur haqida qisqacha:
The Einstein Fellowship 2022 dasturi Eynshteyn forumi va Daimler & Benz jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilib, ushbu dastur orqali Germaniyalik va chet ellik bo‘lgan, o‘z tirishqoqligi bilan boshqalardan ajralib turadigan yosh olimlarga avval amalga oshirgan sohadagi ishlaridan boshqa sohalarda ham ilmiy loyiha ishlarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi ko‘zda tutilgan. Dasturning maqsadi, Albert Eynshteyn singari, ma’lum bir fan sohasidagi ajoyib yutuqlari bilan ajralib turadigan yosh universalistlarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Dasturning manfaatli tomonlar:
Hamjamiyat g‘oliblar uchun 5 oydan - 6 oygacha aynan Eynshteynning Potsdam va Berlin institutlaridan biroz uzoqda joylashgan Caputh (Brandenburg) dagi yozgi bog‘ uyida yashash xarajatlarini va 10,000 yevro miqdorida stipendiya va sayohat xarajatlarini qoplaydi.
Talablar:
Nomzodlar 35 yoshdan yuqori bo‘lmagan va ijtimoiy-gumanitar, yoki tabiiy fanlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Dastur ariza berish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Tarjimai hol (CV);
- Ikki sahifali loyiha taklifi (Project Proposal)
- 2 ta tavsiyanoma
ESLATMA: Dastur uchun taqdim etilayotgan loyiha taklifi (Project Proposal) nomzod tomonidan avval yozilgan DISSERTATSIYA TADQIQOTI BO‘LMASLIGI KERAK. Taqdim etilayotgan loyiha taklifi mazmunan mutlaqo yangi mavzuni qamrab olishi talab etiladi.
Barcha hujjatlar 2021 yil 15-maygacha quyidagi manzilga yuborilishi kerak: