Umumiy pensiya yoshidan 5 yil oldin nafaqaga chiqish mumkinmi?
29.09.2024 15:36
Umumiy pensiya yoshidan 5 yil oldin nafaqaga chiqish mumkinmi?
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqi berilgan bir qator kasblar mavjud.
Ushbu huquqdan foydalanish orqali umumiy belgilangan pensiya yoshidan 5 yil oldin pensiyaga chiqish imkoniyati yaratiladi.
Xususan, nogiron bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, harbiy akademik litseylar va o‘quv koloniyalari o‘qituvchilari bunday imtiyozdan foydalanish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, imtiyozdan foydalanish uchun tegishli hujjatlar bilan mahalliy pensiya fondlariga murojaat qilishni tavsiya etiladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalar uchun o‘qish davri ish stajiga qo‘shilishi mumkinmi?
27.02.2025 12:07
Talabalik yillari ham ish stajiga qo‘shilishini bilasizmi?
8.02.2025 10:21
Pensiyani hisoblash uchun necha yillik ish haqi hisobga olinadi?
21.09.2024 23:43