Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamkorligida Universe Volontyorlar maktabining 2-mavsumida beppulqatnashish uchun imkoniyat

4.10.2021 18:31
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamkorligida Universe Volontyorlar maktabining 2-mavsumida beppulqatnashish uchun imkoniyat

Muddati:

07.10.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

"Universe volontyorlar maktabi" 2-mavsumi yoxud "Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi" uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlariga start berildi!

Tashkilotchilar: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamda "Universe" erkin volontyorlik harakati;

"Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi"ning bosh g‘oyasi:

  • Avvalo olim bo‘l! Loaqal ta’lim oluvchi yoki tinglovchi, ilmu ulamolarni sevuvchi bo‘lgin!

"Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi"ning maqsadi:

- Demokratik jamiyatda insonlarning o‘z o‘rnini egallashlarida yordam berish;
- O‘zbekiston yoshlarini bir nuqtada bir maqsad yo‘lida birlashtirish;
- Insonlarda shaxs manfaatidan ko‘ra jamiyat manfaatini ustun qo‘yish immunitetini shakllantirish;
- “Volontyorlik” tushunchasini yoshlar orasida to‘g‘ri va keng targ‘ib qilish;
- Jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.

Kimlar uchun:

"Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi"da 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin!

Ro‘yxatdan o‘tishda ushbu havolada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni to‘g‘ri, imloviy, lug‘aviy va grammatik xatolarsiz yozilganiga ahamiyat beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 7-oktabr kuniga qadar davom etadi!