Finlandiya: University of Eastern Finland’da to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiya

Maqsad qoʻyish va yangi orzularni amalga oshirish uchun hech qachon kech emas– Registon o‘quv markazi
Sharqiy Finlyandiya universiteti (University of Eastern Finland) Kuopio va Yoensuu shaharlarida kampuslarga ega. Universitet Yevropa Ittifoqi/YeIZ mamlakatlari fuqarosi bo‘lmagan xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi. Axborot texnologiyalari dasturiga o‘qishga kirgan magistrantlarga stipendiyalar beriladi.
Grant miqdori. Grant 100% yoki 80% o‘quv to‘lovlarini to‘laydi.
Talabalarning 80% ushbu stipendiyani oladi. O‘qish - ingliz tilida, o‘qitish muddati - 2 yil.
Muddati: 2021 yil 20-yanvar
O‘qish joyi: University of Eastern Finland – Finlyandiya
Talablar:
• stipendiyalarni axborot texnologiyalari yo‘nalishi magistratura dasturiga o‘qishga qabul qilingan talabalar olishlari mumkin;
• stipendiya Yevropa Ittifoqi / YeIZ mamlakatlari fuqaroligiga ega bo‘lmagan xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan;
• talabalar bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak (yoki uch yillik kunduzgi o‘qishga teng), fanlarning birida: kompyuter fanlari, informatika, kommunikasiya muhandisligi yoki tegishli fanlardan;
• talabalar ingliz tilini bilishlari shart (TOEFL PBT/iBT: 580/90, IELTS – 5).
Qanday qilib men stipendiya olishim mumkin?
Ariza quyidagi hujjatlardan iborat bo‘lishi kerak:
• rasmiy inglizcha tarjimasi bilan rasmiy hisob varag‘i;
• sertifikatlangan bakalavr darajasi;
• motivasiya xati;
• platformalardan biriga yuklanishi kerak bo‘lgan video: youtube/vimeo/tudou videoga havolani taqdim etishingiz kerak. Video kirish qismidan, talabaning ma’lumoti va talabaning mumkin bo‘lgan xizmatlari haqida qisqacha ma’lumotlardan iborat bo‘lishi kerak (videoning davomiyligi 2 daqiqadan ko‘p emas);
• tavsiyanoma;
• ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha testlardan birining natijasi taqdim etishi kerak;
• pasport nusxasi;
• ishning namunasi yoki ingliz tilida yozilgan axborotga havola (tadqiqot, ma’ruza, insho, badiiy, adabiyot sharhi). Ushbu maqola ingliz yoki fin tillariga tarjima qilinishi kerak.