Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

University of Trieste Italiyada to‘liq moliyalashtirilgan magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyati

13.04.2022 23:53
University of Trieste Italiyada to‘liq moliyalashtirilgan magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyati

Muddati:

30.04.2022

Davlat:

Italiya

Rasmiy havola:

www.ictp.it

Grant turi:

Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Hozirda Italiyaning nufuzli oliygohlaridan biri hisoblangan " International Centre for Theoretical Physics (ICTP)" hamda University of Trieste univeristeti tomonidan "Medical Physics" yo‘nalishida tahsil olishni istagan talabalar to‘liq moliyalashtirilgan holatda o‘qish imkoniyati yaratildi. Talabalar birinchi yilni ICTPda va ikkinchi yilni Trieste kasalxonasining tibbiy fizika bo‘limida klinik ta’lim oladilar.Ushbu dastur kam ta’minlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan yosh, ishtiyoqli va ajoyib fizika bitiruvchilari uchun tibbiy fizika bo‘yicha yuqori darajadagi ta’limga ega bo‘lgan to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalarni berishga qaratilgan. Nomzodlar kamida magistratura bosqichini yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishda yoki o‘shanga aloqador yo‘nalishda tahsil olgan bo‘lishi zarur. 30ta nomzod qabul qilinadi.

Ushbu dasturning homiylari: Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA), Xalqaro tibbiy fizika tashkiloti (IOMP) va Yevropa tibbiy fizika tashkiloti federatsiyasi (EFOMP) Trieste universiteti kasalxonasi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Nomzodlar tibbiy fizika yoki uning tegishli sohasida magistratura yoki unga tenglashtirilgan malakaga ega bo‘lishi kerak;
  • A’lo darajadagi akademik univeristet baholari, tadqiqot loyihalari va fizika bo‘yicha professional tajriba talab qilinadi;
  • Ingliz tilini bilish yetarli darajada bo‘lishi kerak;
  • Ariza beruvchilar 30 yoshdan kichik bo‘lishi kerak;
  • Bundan tashqari, ariza beruvchilar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO yoki MAGATEga a’zo mamlakatlar fuqarolari bo‘lishi kerak (O‘zbekiston kiradi);
  • Nomzodlar ICTPda o‘zlarining tegishli sohalaridagi barcha tadbirlarda ishtirok etishga tayyor bo‘lishlari kerak;

Batafsil talablar bilan bu yerda tanishib chiqing.

Eslatma: Mavjud yo‘nalishlar bilan bu yerdan batafsil bilib oling.

Foydali jihatlari (2 xil turdagi grantlar taqdim etiladi):

a) To‘liq moliyalashtiriluvchi grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Qabul qiluvchi tashkilot sayohat xarajatlarini qoplaydi;
  • Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tish to‘lovidan ozod etiladi;
  • Bundan tashqari, IAEA va ICTP birinchi yil uchun oylik 900 yevro stipendiya beradi;
  • Ikkinchi yilda stipendiya sifatida oylik 1000 yevro. Agar talaba turar joy uchun nafaqa olsa, bu miqdor kamayishi mumkin;

b) Qisman moliyalashtiriluvchi grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Sayohat xarajatlarining yarmini qo‘llab-quvvatlash;
  • Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovining yarmi qoplanadi;
  • Shuningdek, birinchi yilida oylik 450 yevro stipendiya;
  • Ikkinchi yilda besh yuz evro stipendiya;

Kerakli hujjatlar:

  • Bu yerdan onlayn ariza topshirishingiz mumkin;
  • CV yoki Resume;
  • Universitet diplomi;
  • Akademik tavsiyanomasi;
  • Agar hakamlarning ICTP bilan aloqasi bo‘lsa, bu haqda xatda ko‘rsatilishi kerak;

Hujjat topshirishdan oldin rasmiy sahifa orqali batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.