Grantlar

AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 15 000 AQSh dollarlik grant dasturi

AQSH davlatining Worcester shtati universiteti tomonidan bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 15 000 AQSh dollarlik qiymatga ega grant dasturi taklif etilmoqda

3 111 ko'rish

Yangilangan:

AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 15 000 AQSh dollarlik grant dasturi

Universitet va grant dasturi haqida:

Worcester State University - Massachusets shtatining Vorsester shahridagi davlat universiteti. Massachusets shtatidagi 9 ta davlat universitetlaridan biri, Vorester shtati liberal san’at va fanlarga oid o‘quv dasturini taklif qiladi va 5500 ga yaqin magistrant va 900 dan ortiq aspirantlarga ta’lim berib keladi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan International Undergraduate Scholarships nomli grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura dasturlari uchun amal qiladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun esa alohida ariza topshirish shart emas, o‘qishga qabul qilingan talabalar nomzodligi avtomatik ko‘rib chiqiladi.

Zaruriy hujjatlar:

  • Maktab, kollej yoki litsey diplomi va ilovalari;
  • Rezyume;
  • Babk hisobi bayonoti;
  • Tavsiyanoma xati.

Qabulning asosiy talabi:

  • Talabalar eng kamida 2,5 CGPA balliga ega ekanligi va Worcester universitetiga qabul qilinishlari uchun yaxshi ilmiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak.

Til talabi:

Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish testlari natijalaridan biri bo‘lishlari shart:

  • TOEFL – 71
  • IELTS – 6.0
  • PTE – 50
  • iTEP – 3.5
  • Duolingo – 100

Dasturning manfaatli tomonlari:

Worcester universiteti tanlangan xalqaro abituriyentlarga maksimal 15000 AQSh dollar miqdorida mablag‘ taqdim etadi va bu summa sakkiz semestrgacha yoki diplom tugagungacha har semestrda 1875 AQSh dollaridan beriladi.

Batafsil bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish