Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSH: Tom Howard/Margaret Reid she’riyat tanlovi

24.08.2021 01:37
AQSH: Tom Howard/Margaret Reid she’riyat tanlovi

Muddati:

15.10.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

winningwriters.com

Grant turi:

Tanlovlar

Winning writers sayti tomonidan Tom Howard/Margaret Reid she’riyat tanlovining 19-mavsumiga start berildi. Tanlovda istalgan yoshdagi shoirlar ingliz tilida hajmi 250 misradan oshmagan she’rlari orqali g‘olib bo‘lishlari mumkin.

Mukofotlar:

  • Tom Howard mukofoti sovrindori uchun $3000;
  • Margaret Reid mukofoti sovrindori uchun $3000; -
  • Har ikki mukofot g‘olibi qiymati $100 ga teng bo‘lgan Duotrope platformfasiga 2 yilga obuna bo‘lishadi;
  • Alohida e’tirof etilgan 10 ta shoirning har biriga $200;
  • Eng yuqori natija ko‘rsatgan 12ta she’r ushbu saytda onlayn nashr qilinadi

Talablar:

  • She’r ingliz tilida yozilgan, 250 misradan oshmagan bo‘lishi lozim;
  • Tom Howard mukofoti uchun har qanday uslub dagi she’r qabul qilinadi;
  • Margaret Reid mukofoti uchun qofiyaga ega va an’anaviy uslubda yozilgan she’rlar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish uchun link SHU YERDA.

Ariza topshirish muddati - 30-sentyabr. Bir martalik ariza topshirish $15 turadi va 1/2 she’r jo‘natish mumkin. Ariza topshirish cheklanmagan, ishtirokchilar istalgancha she’r jo‘natishlari mumkin. Tanlov natijalari 2022-yil 15-aprelda e’lon qilinadi. O‘tgan mavsum g‘oliblari ishi bilan tanishish uchun shu yerga kiring.