Vazir Hilola Umarova: maktablarda hujjatlar raqamlashtirilishi natijasida 10,1 milliard so‘m mablag‘ tejaladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xabaringiz bor, yildan-yilga ta’lim muassasalarida yuritiladigan hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, 2024–2025 o‘quv yilidan boshlab maktablardagi o‘quv-pedagogik hujjatlar to‘liq raqamlashtiriladi. Bu jarayon orqali nafaqat qulaylik yaratiladi, balki katta mablag‘ tejalishi ham ta’minlanadi.
Elektron shaklga o‘tkazish natijasida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshadi:
- “emaktab.uz” platformasida elektron baholar tabeli avtomatik shakllanadi va ota-onalar tizimdan yuklab olish imkoniga ega bo‘ladi.
- O‘qituvchilar va maktab rahbariyatining vaqti tejaladi, har bir o‘qituvchi yiliga 75 soat tejaydi.
- Maktab boshqaruvi jarayonida qog‘ozbozlikka barham beriladi va samaradorlik oshadi.
- 232 tonna qog‘oz va logistik xarajatlar tejaladi.
- Davlat byudjeti bo‘yicha har yili 10,1 milliard so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.
Bu o‘zgarishlar ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash va boshqaruvni soddalashtirishga xizmat qiladi