Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

VinUniversity Scholarship 2022 :Bakalavriat bosqichi talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

15.04.2022 15:21
VinUniversity Scholarship  2022 :Bakalavriat bosqichi talabalari uchun  to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Muddati:

22.04.2022

Davlat:

Vetnam

Rasmiy havola:

vinuni.edu.vn

Grant turi:

Bakalavriatura

Umumiy ma’lumotlar:

VinUniversity Vetnamda tashkil etilgan ajoyib, xususiy, notijorat universitet bo‘lib hozirga qarad 11 mamlakatdan xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etgan. Ushbu o‘quv yili uchun ham ushbu universitet tomonidan 3 turdagi grantlar e’lon qlingan:

  1. VinUniversity 100% gacha stipendiya : talabalarning VinUniversityda oʻqishning to‘liq oʻqish toʻlovining 90% – 100%ini qoplaydi. Alohida iste’dodli talabalarga o‘qish to‘lovining 100% va yashash xarajatlari uchun ~ 1,500 AQSh dollar stipendiya ajratiladi;
  2. VinUniversity Need-sesitive International Fellowship dasturi talabalarning butun o‘qish davri uchun o‘qish to‘lovlarining 50-80 foizini qoplaydi;
  3. Vingroup-ning 35% subsidiyasi: 2022-2023 o‘quv yili uchun barcha qabul qilingan talabalar Vingroup-dan o‘qish to‘lovlari uchun 35% subsidiya oladilar.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Dunyodagi istalgan o‘rta maktabnia’lo baholarga tamomlagan nomzodlar;
  • Minimal IELTS 6.5, ( har bir bo‘lim baholari 6.0 dan past boʻlmasligi kerak);
  • Xalqaro talabalar uchun ariza to‘lovi bekor qilinadi.

Eslatma: texnologiya, sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishni istagan talabalar uchun endi 3 ta kollejlardan biriga topshirishlari mumkin;

Biznes boshqaruvi kolleji

  • Biznes boshqaruvi bakalavri;
  • Mehmondo‘stlikni boshqarish fanlari bakalavri;

Sog‘liqni saqlash fanlari kolleji

  • Tibbiyot fanlari doktori;
  • Hamshiralik ishi bakalavri;

Muhandislik va kompyuter fanlari kolleji:

  • Mashinasozlik fanlari bakalavri
  • Elektrotexnika fanlari bakalavri
  • Kompyuter fanlari bo‘yicha bakalavr

Oxirgi muddat: 22.04.2022

Ushbu dastur uchun ariza topshirishdan oldin rasmiy sahifa orqali batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. Savollar yuzasidan quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin: admission@vinuni.edu.vn yoki WhatsApp +84 777220 694