Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Vistula University : Polshada tahsil olish uchun to‘liq grantlar

22.09.2021 00:32
Vistula University : Polshada tahsil olish uchun to‘liq grantlar

Muddati:

15.01.2022

Davlat:

Polsha

Rasmiy havola:

www.vistula.edu.pl

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Polshaning eng nufuzli oliygohlaridan biri Vistula University and Vistula School of Hospitality tomonidan yuqori akademik ko‘rsatkichga ega bakalavriat hamda magistratura bosqichida tahsil olishni istagan yoshlarni moliyaviy jihatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida 100% gacha grantlar taqdim etmoqda. Ushbu grant uchun barcha davlat fuqorolari topshirishlari mumkin. O‘rtacha 70 taga yaqin chet ellik talabalarga ushbu grant taqdim etiladi.

Grant Miqdori: 1- o‘quv yili uchun100% kontrakt pulidan ozod etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • Barcha chet ellik talabalar uchun ( Polshalik talabalar topshira olmaydi);
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lshi lozim;
  • Til bilish sertifikati kamida - IELTS 6.0;

Qabul Jarayoni;

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘ting;
  • Ro‘yxatdan o‘tish to‘lov badalinini to‘lashinggiz zarur;
  • Ingliz tilida o‘tiladigan bakalavriat yoki magistratura kurslariga ro‘yxatdan o‘ting va 2022-yil mart oyidagi o‘quv kurslariga qabul xatiga ega bo‘ling;

Oxirgi Muddat: 2022-yil martdagi o‘qish uchun -2022-yil 15-yanvar;

2022-yil oktabrdagi o‘qish uchun -2022-yil 20-avgust;

Ushbu grant hamda univeristet haqida batafsil bu yerdan bilib oling.

Barcha savollar yuzasidan ushbu vms@vistula.edu.pl emailga yoki ushbu +48 510 858 087 or +48 798 066 870 raqamlarga bog‘lanishinggiz mumkin.