Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi. Umumiy Mukofot jamg‘armasi 320 million so‘m

14.05.2022 19:34
O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi. Umumiy Mukofot jamg‘armasi 320 million so‘m

Muddati:

21.12.2022

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi.

Marafon 2022-yilning may-dekabr oyiga qadar o‘tkaziladi. Marafondan kutilayotgan natija O‘zbekcha Vikipediya maqolalar sonini ko‘paytirish.

Maqolalar yozish uchun asosiy yo‘nalishlar:

  1. Tabiiy fanlar va tabiatshunoslik;
  2. Tarix;
  3. Madaniyat va san’at;
  4. Falsafa;
  5. Texnika va texnologiyalar;
  6. Inson va jamiyat;
  7. O;yinlar va sport;
  8. Geografiya;

Marafon 2022-yilning 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr 00:00 (GMT+5) ga qadar davom etadi. Unda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida ko‘rsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

  1. 50 000 000 so‘m;
  2. 40 000 000 so‘m;
  3. 30 000 000 so‘m;
  4. kuchli beshtalik 20 000 000 so‘m;
  5. kuchli o‘ntalik 10 000 000 so‘m;

Eng faol qatnashgan ishtirokchilar qanday baholanadi;

  1. Hakamlar tomonidan faqatgina "Fountain’ ga kiritilgan maqolalar bitta hisoblanadi;
  2. Qolgan "Fountain’ ga kiritilmagan hamda hakamlar tomonidan yaratilgan maqolalar uchun "0" qo‘yiladi;
  3. Marafon talablariga mos keladiga har bir maqola uchun 1 ball beriladi;
  4. Hakamlar maqolalar sifatini hisobga olib, ulardan har biri qo‘shimcha ball berish huquqiga ega;
  5. Agarda uslubiy , ortografik xatolar,tarjimaning yomonligi jiddiy qayta ko‘rib chiqishni talab etsa 1 ballga pasaytirish huquqiga ega;

Eslatma: Shunday qilib har bir maqola 0 dan 5 ballgacha baholanadi: Shuningdek Vikipediya maqola joylashning asosiy qoida ko‘nikmalari bilan bu yerdan tasnishib chiqishingiz mumkin

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar: Dini, iqri, jinsidan qat’iy nazar barcha yoshdagi ishtirokchilar qatnashishlari mumkin. Har bir ishtirokchi mualliflik huquqini buzmagan holda o‘zbek tilida maqola yoshlari yoki o‘zbek tiliga maqola tarjima qilishlar kerak (batafsil);

Barcha batafsil ma’lumotlar bilan bu yerdan tasnishib chiqing