Xorijiy OTMlarda o‘qigan talabalarning hujjatlarini tan olish bo‘yicha imtihonlar muddatlari belgilandi
27-sentabr 19:18

Xorij OTMlarda o‘qigan talabalarning hujjatlarini tan olish bo‘yicha imtihon muddatlari belgilandi
2024-yilning to‘rtinchi choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilandi. Belgilangan imtihon kunlari quyidagicha:
Oktabr:
- 2024-yil 4-oktabr
- 2024-yil 17-oktabr
- 2024-yil 31-oktabr
Noyabr:
- 2024-yil 1-noyabr
- 2024-yil 15-noyabr
- 2024-yil 28-noyabr
Dekabr:
- 2024-yil 12-dekabr
- 2024-yil 26-dekabr
Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin eʼlon qilinadi.
Test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Imtihon hayajonini jilovlashning samarali usullari
27-fevral 05:02
2025-yilda o‘qishni ko‘chirish mezonlari qanday bo‘ladi?
25-fevral 05:53
29-oktabrdan malaka toifa sinovlari boshlanadi
28-oktabr 15:18