Grantlar

Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha Elevate taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda yoshi 22 va undan yuqori boʻlgan ayol va qizlar ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, arizalarni 31-martgacha yuborish kerak.

1 457 ko'rish

Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha Elevate taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda yoshi 22 va undan yuqori boʻlgan ayol va qizlar ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, arizalarni 31-martgacha yuborish kerak.

Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha Elevate taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinmoqdaFoto: Spot

“Google Cloud” Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan birgalikda ayollarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrgatish boʻyicha keng koʻlamli bepul “Elevate” taʼlim dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dasturning asosiy maqsadi va vazifasi — STEM sohalarida gender tafovutini kamaytirish orqali ayollarning sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida martaba qurish va davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha Elevate taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinmoqdaXotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha Elevate taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Trening ingliz tilida, gibrid formatda, “Google Cloud” jamoasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar STEM, axborot menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari, biznes boshqaruvi va biznes informatika yo‘nalishlari bo‘yicha universitet bitiruvchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 22 yosh va undan yuqori boʻlgan ayollar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish, kompyuter savodxonligi, kompyuter va internetga kirish imkoni talab qilinadi.

Trening ikki yoʻnalishda olib boriladi:

1.Texnik kompetensiyalar — dastur ishtirokchisining qiziqishlari va tajribasiga qarab yana 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi (Google Cloud Arxitekturasi, maʼlumotlar muhandisligi, Machine Learning va Data Processing).

2. Biznes kompetensiyalari — barcha uchun umumiy yoʻnalishdir (raqamli transformatsiyaga kirish, bulutli muhitning korporativ xavfsizligi va boshqalar).

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yil 31-martgacha havola orqali qabul qilinadi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish