Xususiy oliygohlarning ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlangan
Unga koʻra:
Oliygohlar – har yili 15-sentyabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritiladi;