Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yangi o‘quv yili uchun test baholash mezonlari o‘zgaradimi? Batafsil ko‘rib chiqing

02-may 10:05
Yangi o‘quv yili uchun test baholash mezonlari o‘zgaradimi? Batafsil ko‘rib chiqing

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha test sinovlari tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu yilgi mezonlar o‘tgan yildagidek saqlanib qolgan.

Majburiy fanlar va ballar taqsimoti

Har bir abituriyent uchun quyidagi 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlari belgilanadi:

  • Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq) – 10 ta savol

  • Matematika – 10 ta savol

  • O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol

Ushbu 30 ta savol har biri uchun 1.1 ball bilan baholanadi. Umumiy maksimal ball – 33 ball.

Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar

Ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda har bir abituriyent yana 2 ta fan bo‘yicha test topshiradi:

  • 1-fan – 30 ta savol, har biri 3.1 ball (jami 93.0 ball)

  • 2-fan – 30 ta savol, har biri 2.1 ball (jami 63.0 ball)

Bu mutaxassislik blokidan jami 60 ta savol beriladi va ular uchun maksimal 156 ball to‘plash mumkin.

Umumiy test tartibi va maksimal ball

Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarga jami 90 ta savol (30 ta majburiy, 60 ta mutaxassislik) beriladi. Umumiy hisobda 189 ball to‘plash mumkin bo‘ladi.

Bu baholash tizimi abituriyentlarning bilim darajasini adolatli va aniqlik bilan aniqlashga xizmat qiladi.