Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Boʻlajak olim” tanlovi: yosh olimlarning STARTAP loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tanlov

6.10.2021 12:00
“Boʻlajak olim” tanlovi: yosh olimlarning STARTAP loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tanlov

Muddati:

10.10.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

yoshlarakademiyasi.uz

Grant turi:

Tanlovlar

Yoshlar akademiyasi “Boʻlajak olim” tanlovi 2-mavsumini eʼlon qilgan edi. Bugun Yoshlar akademiyasi tomonidan eʼlon qilingan “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 10-oktyabrga qadar uzaytirilganini maʼlum qildi.

“Boʻlajak olim” tanlovining maqsadi: iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion natijalari va tashabbuslarini davlat boshqaruvi qoʻllab-quvvatlash, ilmiy izlanishlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun hammasi salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Boʻlajak olim tanlovi doirasida yosh olimlarning STARTAP loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilinadi

Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

  1. Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  2. 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);
  3. Topshirilgan startap loyiha amalga oshirish miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmdan oshmasligi.
  4. Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi;

ESLATMA!

  • Bir talabgor uchun ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag‘larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan oshmasligi lozim;
  • Bir talabgorga startap loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag‘larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan oshmasligi lozim.

Tanlov doirasida Startap loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 10-oktabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun shu yerga kiring. Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim.
www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha: (71) 203-32-23 (233).

Tanlov nizomi haqida batafsil shu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin.